-
Penetratsion test (axloqiy xakerlar xizmatlari) Tekshiruvdan maqsad – tizimdagi zaifliklarni aniqlash hamda uning texnik jihatdan himoyalanganligini, shuningdek, biznes-jarayonlar va xodimlarning masofaviy hujumlarga nisbatan barqarorligini tahlil qilishdir.15 mln so‘mdan boshlab
-
Dastlabki kod xavfsizligini tahlil qilish (Ishchi kod auditi) Bu dasturiy ta'minotni ishlab chiqish jarayonida yo‘l qo‘yilgan axborot xavfsizligiga oid zaifliklarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladigan tahlil jarayonidir.7 mln so‘mdan boshlab
-
Tarmoqni ichki va tashqi penetratsion testdan o‘tkazish Tashqi penetratsion test Internet orqali va oldindan tayyorgarliksiz foydalanish mumkin bo‘lgan zaifliklarni aniqlashdan iborat. Ichki test esa xaker tizimda ma'lumotlarni o‘g‘irlash imkoniyatini qidirish uchun o‘rnashib olgan degan shartli vaziyatni o‘z ichiga oladi.3 mln so‘mdan boshlab
-
Veb-ilovaning himoyalanganligini tahlil qilish Bu qonunbuzarning (buzg‘unchining) veb-ilova tarkibiy qismlariga va maxfiy ma'lumotlarga kirish imkoniyatlarini tekshirish jarayonidir.8 mln so‘mdan boshlab
-
Mobil ilovaning himoyalanganligini tahlil qilish Bu dinamik, statik yoki gibrid test usullaridan foydalangan holda dasturiy ilova xavfsizligini kompleks baholashdir.8 mln so‘mdan boshlab
-
Tahdidlarni aniqlash qurilmalari Intrusion Detection System (IDS) — ruxsatsiz kirishni aniqlash tizimi bo‘lib, u kompyuter tarmog‘ida yoki alohida xostda ruxsat etilmagan va zararli faoliyatni aniqlashga mo‘ljallangan dasturiy mahsulot yoki qurilmadir.5 mln so‘mdan boshlab
-
DLP tizimlarini joriy etish Bunday turdagi tizimlar barcha chiquvchi, ayrim hollarda esa kiruvchi ma'lumotlarni tahlil qilish orqali tashkilot atrofida himoyalangan raqamli "perimetr" yaratadi. Nazorat qilinadigan ma'lumotlar nafaqat internet-trafikni, balki boshqa bir qator axborot oqimlarini ham o'z ichiga olishi kerak: tashqi axborot tashuvchilarda (fleshka, disk) himoyalangan xavfsizlik konturidan tashqariga olib chiqiladigan, printerda chop etiladigan, Bluetooth orqali mobil qurilmalarga yuboriladigan hujjatlar va hokazolar.10 mln so‘mdan boshlab
-
Kiberxatarlarni boshqarish Kiberxatarlarni boshqarish tashkilotning kiberxavfsizlik xatarlariga nisbatan barqarorligini shunday darajaga ko‘tarishdan iboratki, unda tashkilot tizimlari va jarayonlari biznes faoliyatidagi uzilishlarni, shuningdek, moliyaviy yo‘qotishlarni minimallashtirish uchun kibertahdidlarni aniqlay olishi va kiberhujumlarga samarali munosabat bildira olishi zarur.3 mln so‘mdan boshlab
-
Kiberhodisalardan so‘ng qayta tiklash Biz biznes-jarayonlar va kompaniya faoliyatini qayta tiklashga, kiberhodisa davomida yo'qotilgan yoki xavf ostida qolgan ma'lumotlarni (agar buning iloji bo'lsa) tiklashga, shuningdek, axborot tizimlarining faoliyatini asliga qaytarishga yordam beramiz.5 mln so‘mdan boshlab
-
GDPR va ISO 27001 muvofiqligini baholash Bu tashkilotning axborot xavfsizligini boshqarish tizimi standart talablariga javob berishining rasmiy e'tirofi bo'lib, bu mijozlar, hamkorlar va boshqa manfaatdor tomonlarning tashkilotga bo'lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi.2 mln so‘mdan boshlab
-
Kiberxavfsizlik auditi Bu kompaniya xavfsizligini kompleks baholash bo'lib, o'z ichiga quyidagilarni oladi: tashkiliy va jarayonli xavfsizlik auditi (skanerlash va penetratsion testlar), ijtimoiy muhandislik (fishing, vishing) usullariga nisbatan barqarorlik darajasini baholash.4 mln so‘mdan boshlab
-
Yetkazib beruvchilar va pudratchilarni tanlash Bu xavfsizlik va mahsulot sifatini ta'minlashga, shuningdek, mijozlar hamda xodimlarning qoniqish darajasini doimiy ravishda oshirishga yordam beradigan o'ta muhim jarayondir.2 mln so‘mdan boshlab
-
Xavfsizlik autsorsingi Bu cheklangan moliyaviy sarmoyalar sharoitida ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanish darajasini tez va samarali oshirish niyatida bo'lgan Kompaniyalar uchun universal yechimdir. Siz kompaniyaning yoki uning alohida elementlarining kompleks xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq bo'lgan barcha vazifalarni (ma'lumot to'plash, biznes-tahliliy ishlar, xodimlar va kontragentlarni tekshirish va hokazo) tegishli sohada ixtisoslashgan tashkilot sifatida bizga topshirasiz.3 mln so‘mdan boshlab
-
Xodimlar xabardorligini boshqarish Bu xodimlarning bilim darajasini hamda tashkilotda o'rnatilgan axborot xavfsizligi me'yorlari va qoidalariga rioya etish darajasini aniqlash jarayonidir.5 mln so‘mdan boshlab
-
Konsultativ qo‘llab-quvvatlash Konsultativ qo'llab-quvvatlash axborot-ma'lumotnoma xizmati xodimlari vazifalarining kengaytirilgan shakli hisoblanadi. Bizning mutaxassislarimiz vazifasiga nafaqat foydalanuvchining savolini qayd etish, balki unga mos javob topish va tushuntirish kiradi.5 mln so‘mdan boshlab
-
Kiberhodisalarni tekshirish (tergov qilish) Bu korxonani himoya qilishning so‘nggi bosqichi va uning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, u xakerlar tomonidan yetkazilgan zararni minimallashtirishga hamda kelajakda bunday hodisalarning takrorlanishini oldini oluvchi mustahkam himoya tizimini yaratishga yordam beradi. Tekshiruvning asosiy maqsadi — kompaniyaning IT-infratuzilmasiga amaliy baho berish va buyurtmachiga (kompaniya rahbariyatiga) uni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar taqdim etishdir.10 mln so‘mdan boshlab